O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-iyul kuni SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining videoanjuman shaklidagi majlisida ishtirok etadi. Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlik, raqamli transformatsiya, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Hindiston iyul oyida bo‘ladigan SHHT sammitini virtual formatda o‘tkazadi. Dastlab tadbir Nyu-Dehlida o‘tkazilishi kerak edi. The Hindu nashrining yozishicha, format o‘zgarishiga bir qator yetakchilarning vaqt jadvalidagi qiyinchiliklar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
ShHT sammiti sabab Samarqand shahridagi 16 ta ko‘chada transport vositalarining harakatiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilindi.
O‘zbekiston prezidenti SHHT sammitida yangi iqtisodiy muloqotini boshlashni, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning umumiy tamoyillari va yondashuvlarini ishlab chiqish, shuningdek birinchi transport forumini o‘tkazishni taklif qildi.
Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishi borasida gapirdi. Xususan, Afg‘onistonni gumanitar qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus fondni Termizda — u yerdagi transport-logistika xabidan foydalangan holda, birgalikda ta’sis etishni taklif qildi.
Samarqandga kelgan davlat rahbarlari SHHT doirasida «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazida daraxtlar ekdi. Keyin «Boqiy shahar» majmuasida O‘zbekiston prezidenti nomidan qabul marosimi o‘tkazildi. Kun yakunida mushakbozlik uyushtirildi (foto).
Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko SHHT bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashuvda mamlakat tashkilot bilan hamkorlikni rivojlantirishga 12 yil avval qaror qilganini ta’kidladi. «Bu bizning siyosiy, iqtisodiy va balki harbiy-siyosiy kelajagimizdir», — dedi Belarus prezidenti.
Shavkat Mirziyoyev SHHTda mehmon sifatida ishtirok etish uchun kelgan Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Uchrashuvda, jumladan, Samarqandda o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti kun tartibi kelishib olindi.
Payshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi. Davlat rahbarlari mamlakat va butun mintaqa manfaatlariga javob beruvchi loyiha — Yavan GESni barpo etish bo‘yicha ishlar boshlangani muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida imzolangan hujjatlar orasida «yashil» taraqqiyot sohasida sarmoyaviy hamkorlik, foydali qazilmalarni o‘zlashtirish va korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum ham bor. Savdo va sarmoyaviy bitimlar hajmi $15 mlrdni tashkil etadi.
Samarqandda ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun Eronning majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum qabul qilindi. Hujjatga mamlakat tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon va tashkilot bosh kotibi Chjan Ming imzo chekdi.
Samarqandda XXR raisini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida davlatlar rahbarlari o‘zaro hamkorlik hamda Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi. Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. O‘zbekiston yetakchisi javob tashrifi bilan Xitoyga taklif qilindi.
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekistonga keldi. Mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov SHHT davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi. Ikki prezidentni ham bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi.
Armanistondagi vaziyat tufayli mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyanning Samarqanddagi SHHT sammitida qatnashmasligi ma’lum qilindi. Avvalroq u «Armanistonning hududiy yaxlitligini tiklash va Ozarbayjon qurolli kuchlarining olib chiqib ketilishini ta’minlash» uchun KXSHTga yordam so‘rab murojaat qilgan edi.
Toshkentda Misr va Qatarga SHHTning muloqot bo‘yicha hamkori maqomini berish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Ushbu maqomni yana to‘rtta davlat oladi.
SHHT sammiti arafasida Samarqandda O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston yetakchilari muzokara o‘tkazdi. Shavkat Mirziyoyev va Uxnaagiyn Xurelsux ikki davlat o‘rtasida siyosiy va iqtisodiy aloqalarga tizimli tus berish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ni qabul qilishga kelishib oldi.
Senat raisi o‘rinbosari Sodiq Safoyev SHHTning asosiy kuchi uning qandaydir blok yoki yopiq tuzilma bo‘lishdan yiroqligida ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Samarqand sammiti tashkilot xalqaro o‘zaro tushunish, ishonch va hamkorlik barpo etish uchun platforma ekanini isbotlashi kerak.
Shu hafta Samarqandda o‘tadigan SHHT sammitida 30 dan ortiq hujjat imzolanishi kutilmoqda, dedi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov. Ular qatoridan Eronni tashkilotga kiritish uchun majburiyatlari, SHHTning kuzatuvchi va muloqot bo‘yicha hamkorlari a’zoligini kengaytirishga oid hujjatlar o‘rin olgan.
O‘zbekiston prezidenti Afg‘onistonni “ShHT makonining ajralmas qismi” deb atadi. “Unga birgalikda yordam qo‘lini cho‘zish, mintaqaviy va global taraqqiyot jarayonlariga integratsiyalashuviga ko‘maklashish va shu orqali ko‘p yillik inqirozdan chiqishi uchun qulay sharoit yaratish — bizning ma’naviy burchimizdir”, — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting